25/06/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-aprel oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

   Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga yoki 46,4 % ga oshgan.

   Ushbu ko‘rsatkich safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

   qarindoshlarni yo‘qlash — 2,1 mln nafar

   sayyohlik — 434,4 ming nafar

   xizmat yuzasidan — 374,6 ming nafar

   tijorat — 152,1 ming nafar

   davolanish — 33,3 ming nafar

   o‘qish — 7,9 ming nafar