24/06/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025- yilning 1- iyun holatiga chet el investitsiyasi ishtirokida 16 405 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

   Shundan 4 087 tasi qo‘shma va 12 318 tasi xorijiy korxonalardir.

   Shuningdek, bu ko‘rsatkich tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (36,2 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.

   Sohalar kesimida ular quyidagicha:

   savdo sohasida — 5 932 ta

   sanoat sohasida — 3 413 ta

   qurilish sohasida — 1 221 ta

   axborot va aloqa sohasida — 1 182 ta

   yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 681 ta

   tashish va saqlash sohasida — 535 ta

   qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 411 ta

   sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 198 ta

   boshqa sohalarda — 2 832 ta