Sirdaryo viloyatida 2025-yilning 1-may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 9 480 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 9 403 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Guliston shahrida – 2 286 ta
Sirdaryo tumani – 1 188 ta
Sardoba tumani – 892 ta
Boyovut tumani – 828 ta
Mirzaobod tumani – 824 ta
Yangiyer shahri – 725 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 3 555 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 809 ta
sanoat sohasida – 1 122 ta
qurilish sohasida – 783 ta