23/06/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025- yil 1- iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar 37 718 tani tashkil etdi.

   Ularning soni yil boshidan 1 453 taga oshgan. Shuningdek, ular sohalar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (40,1 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.

   Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning sohalar kesimidagi soni:

   savdo sohasida – 15 134 ta;

   sanoat sohasida – 8 531 ta;

   yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 7 208 ta;

   qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 576 ta;

   sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 634 ta;

   tashish va saqlash sohasida – 344 ta;

   qurilish sohasida – 302 ta;

   axborot va aloqa sohasida – 240 ta;

   boshqa sohalarda – 2 749 tani tashkil etdi.