2025-yilning yanvar-may oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 2 544,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 108,9 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 175,5 mlrd so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 2 368,6 mlrd so‘m, shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 272,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.