20/06/2025

   Joriy yilning 20-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-sonli va “Togʻli kon sanoati va geologiya sohasidagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish toʻgʻrisida”gi 379-sonli qarorlari mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, mazkur hujjatlarning maqsadi, soha boʻyicha belgilangan chora-tadbirlari va tasdiqlangan nizom yuzasidan tushuntirishlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti jarayonida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.