17/06/2025

   Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025- yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 10,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 8 860 tonna pomidor eksport qilgan.

   O‘zbekiston 2025- yilning 4 oyida eng ko‘p pomidor eksport qilgan davlatlar:

   Rossiya – 8 031 tonna

   Qirg‘iz Respublikasi – 379 tonna

   Qozog‘iston – 329 tonna

   BAA – 89 tonna

   Belarus – 11 tonna

   boshqa davlatlar – 21 tonna