2025-yilning 1-may holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni 1 834 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,9 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 809 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:
Sardoba tumani – 366 ta
Mirzaobod tumani – 311 ta
Oqoltin tumani – 219 ta
Sayxunobod tumani – 194 ta
Boyovut tumani – 184 ta
Sirdaryo tumani – 180 ta
Guliston tumani – 151 ta
Xovos tumani – 115 ta
Guliston shahri – 74 ta
Yangiyer shahri – 24 ta
Shirin shahri – 16 ta