Sirdaryo viloyatida 2025-yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 657 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 264 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 118 ta
sanoat sohasida – 90 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 44 ta
qurilish sohasida – 36 ta
axborot va aloqa sohasida – 26 ta
tashish va saqlash sohasida – 13 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 6 ta
boshqa sohalarda – 60 tani tashkil etgan.