05/06/2025

   Joriy yilning 5-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi tarkibiy boʻlimlarining xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-91-sonli Farmoni va “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-195-sonli qarori mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Prezident farmoniga asosan pensiyalar va nafaqalar, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari miqdori 2025-yil 1-iyuldan, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori esa 2025-yil 1-avgustdan 10 foizga oshiriladi. Shuningdek, hujjat bilan 2025-yil 1-avgustdan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori belgilandi. Prezident qaroriga koʻra mamlakatimizda 6-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi. Oʻquv mashgʻuloti yakunida maʼruzachi tomonidan xodimlarning savollariga javob berildi.