Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni yashash va ovqatlanish xizmatlari (20 %) tashkil etgan.
Shuningdek, yuqori koʻrsatkichlar transport xizmatlari (18,8 %), moliyaviy xizmatlar (17,1 %), savdo xizmatlari (16,3 %) hamda aloqa va axborotlashtirish (8,1 %) xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.