O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarorida belgilangan jamoaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishni tashkil qilish hamda ushbu sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”ning 4-5-bandlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida, sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Boshqarma xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu “Mini futbol” musobaqasi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlarga boshqarma boshlig‘ining kubogi topshirildi. Shuningdek, o‘yinda faol ishtirok etgan xodimlarga boshqarma Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
Boshqarma tomonidan bunday sport tadbirlari kelgusida ham doimiy tarzda o‘tkazilib borilishi belgilangan.