Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 4,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,2 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 2,1 ming tonna
Ozarbayjon – 629 tonna
Rossiya – 533 tonna
Pokiston – 497 tonna
Turkmaniston – 417 tonna
Boshqa davlatlar – 958 tonna