2025-yilning yanvar-aprel oylarida Sirdaryo viloyatining ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 956,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 12,3 % ga ko‘paydi. Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 1 761,0 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,5 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 90,0 % ni tashkil qildi.