Joriy yilning 13-may kuni Milliy statistika qoʻmitasida Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat masʼul xodimlari hamda Jahon bankining Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha operatsion menejeri Indu Jon Abraham, Oʻzbekistondagi dastur koordinatori Anastasiya Aleksandrova, mamlakatda operatsiyalar boʻyicha boshligʻi Gulnora Kamilovalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida masalalar, xodimlarni xalqaro tadbir va seminarlarga jalb qilish va boshqa hamkorlik masalalari muhokama qilindi.