Uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, yoshlarga ibrat bo‘lib kelayotgan fidoyi xodimlar doimo e’tirofda.
Joriy yilning 12-may kuni Statistika tizimida ko‘p yillik faoliyati davomida samarali mehnati bilan yoshlarga o‘rnak ko‘rsatib, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan xodimlar B.Qo‘ldoshev, G‘.Sanginov, G.Muxraximova, B.Nurullayevalar nafaqaga hurmat ehtirom bilan kuzatib qo‘yildi.
Ularga uzoq yillik samarali faoliyati va fidoiy mehnati uchun minnatdorchilik bildirilib, boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov tomonidan o‘zbek milliy an’analariga muvofiq to‘n kiydirildi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ustozlarga ko‘p yillar davomida Statistika tizimiga qo‘shgan munosib hissasi uchun Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda barcha xodimlari o‘z minnatdorchiligini bildiradi.