30/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati 4,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 4,3 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming tonnaga ko‘p yoki 47,6 % ga oshgan.

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 1,8 ming tonna

Ozarbayjon –  531,4 tonna

Pokiston – 496,9 tonna

Rossiya – 374,2 tonna

Turkmaniston – 321,2 tonna

Xitoy – 268,1 tonna