Sirdaryo viloyatida 2025-yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 1 690,8 mlrd so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 1 508,0 mlrd so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi 153,5 mlrd so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi 29,3 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Sirdaryo viloyatining ulushi 3,2 % ni tashkil etdi.