Joriy yilning 25-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, 2025-yil 9-apreldagi “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-1053-son, “Qonunlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga kiritish va koʻrib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1054-son Qonunlari va boshqa Qonun hujjatlari haqida gapirib oʻtdi. Aprel oyida qabul qilingan hujjatlar yuzasidan xodimlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.