25/04/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024-2025-oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasining 18-23 yoshdagi aholisini oliy taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichi 47,7 % ni tashkil qilgan.

Bu koʻrsatkich 2014-yil bilan solishtirilganda 40,9 % ga oshgan.

18-23 yoshdagi aholini oliy taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichi yillar kesimida quyidagicha:

2014-yil - 6,8 %

2015-yil - 7,0 %

2016-yil - 7,2 %

2017-yil - 8,3 %

2018-yil - 10,6 %

2019-yil - 13,3 %

2020-yil - 18,7 %

2021-yil - 28,2 %

2022-yil - 36,6 %

2023-yil - 45,9 %

2024-yil - 47,7 %