2025-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida import hajmi 124,9 mln AQSh dollarini tashkil etdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 41,7 % ga ko‘paydi.
Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (38,3 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (25,5 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (19,4 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.