18/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 2,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 956 tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan  solishtirilganda 953,4 tonnaga yoki 47,6 %ga oshgan.

2025-yilning dastlabki 2 oyida  O‘zbekiston eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 984,8 tonna;

Pokiston – 496,9 tonna;

Ozarbayjon – 371,8 tonna;

Xitoy – 268,1 tonna;

Rossiya – 244,5 tonna;

Boshqa davlatlar – 589,9 tonna.