17/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 5,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming nafarga yoki 34,7 %ga oshgan.

Joriy yilning dastlabki ikki oyida Koreya Respublikasiga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

sayyohlik – 3 588 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 944 nafar;

o‘qish – 661 nafar;

xizmat yuzasidan – 47 nafar;

davolanish – 6 nafar.