16/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 934,6 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 581 tonna olma eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan  solishtirilganda 1 272 tonnaga yoki 5,1 barobarga oshgan.

2025-yilning 2 oyida  O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 1 020 tonna;

Qozog‘iston – 341,4 tonna;

Turkmaniston – 148,6 tonna;

Mo‘g‘uliston – 40 tonna;

Boshqa davlatlar – 30,9 tonna.