15/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 7,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Vyetnamga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8 ming nafarga yoki 3,8 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Vyetnamga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

sayyohlik – 7 158 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 709 nafar;

xizmat yuzasidan – 6 nafar;

o‘qish – 2 nafar;