Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida aloqa va axborotlashtirish (123,1 %) va moliyaviy (114,6 %) xizmatlarda nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘sish sur’atlari quyidagicha:
xizmatlar jami – 112,2 %;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 123,1 %;
moliyaviy xizmatlar – 114,6 %;
transport xizmatlari – 112,9 %;
me’morchilik, muhandislik sohasidagi xizmatlar – 111,8 %;
yashash va ovqatlanish xizmatlari – 111,0 %;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 110,7 %;
kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 109,6 %;
savdo xizmatlari – 109,4 %;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 109,1 %;
shaxsiy xizmatlari – 107,7 %;
ta’lim sohasidagi xizmatlar – 105,4 %;
ijara xizmatlari – 103,1 %;
boshqa xizmatlar – 113,2 %.