14/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 10,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,1 ming nafarga yoki 2,3 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Tailandga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

sayyohlik – 9 545 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 1 220 nafar;

xizmat yuzasidan – 32 nafar;

o‘qish – 5 nafar.