Joriy yilning 11-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha sud hokimiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi haqida soʻzladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi vakolatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy normalar boʻyicha toʻxtalib oʻtdi.