11/04/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 11,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,7 ming nafarga yoki 2,1 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Misrga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

sayyohlik – 9 409 nafar

qarindoshlarni yo‘qlash – 1 602 nafar

davolanish – 57 nafar

xizmat yuzasidan – 6 nafar

o‘qish – 4 nafar