Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 2 ming nafar Ozarbayjon fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Ozarbayjon fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 1 129 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 793 nafar;
xizmat yuzasidan – 117 nafarni tashkil etgan.