Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 2,1 ming nafar AQSH fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 63 nafarga yoki 3,2 % ga oshgan..
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSH fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 1 221 nafar;
xizmat yuzasidan – 523 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash– 186 nafar;
o‘qish – 108 nafar;
tijorat – 14 nafar.