Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 31,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,6 ming nafarga yoki 21,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida BAAga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 27 606 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 3 697 nafar
xizmat yuzasidan – 291 nafar
davolanish – 157 nafar
o‘qish – 36 nafar