Joriy yilning 28- mart kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova mart oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining 3- martdagi “Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi OʻRQ-1042, 5- martdagi ““Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-1043-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida gapirib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar yangi qonun hujjatlari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.