27/03/2025

 2025-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasida norasmiy sektor tomonidan 3,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,9% ni tashkil etgan.

Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 30,5% ni tashkil etgan.

Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi quyidagicha (yanvar):

2024-yil – 33,9%;

2025-yil – 30,5%.