Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 10,3 ming nafar Hindiston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,3 ming nafarga yoki 47,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayohat – 5 310 nafar;
xizmat yuzasidan – 3 065 nafar;
o‘qish – 1 864 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 80 nafar;
tijorat – 5 nafar;
davolanish – 2 nafar.