2025- yilning 1- fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni 1 759 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 16,2 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 737 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:
Sardoba tumani – 356 ta
Mirzaobod tumani – 286 ta
Oqoltin tumani – 203 ta
Sayxunobod tumani – 194 ta
Boyovut tumani – 166 ta
Sirdaryo tumani – 173 ta
Guliston tumani – 155 ta
Xovos tumani – 117 ta
Guliston shahri – 67 ta
Yangiyer shahri – 28 ta
Shirin shahri – 14 ta