Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 1,1 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 135,9 million AQSH dollariga yoki 13,6% ga oʻsgan.
TSA tarkibida eksport hajmi 795,1 mln AQSH dollariga, import hajmi esa 336,2 million AQSH dollariga yetgan.
Eksport tarkibi (2024-yil, AQSH dollarida):
Kimyoviy vositalar – 773,3 mln
Xizmatlar – 7,9 mln
Turli xil tayyor buyumlar – 4,2 mln
Import tarkibi (2024-yil, AQSH dollarida)
Kimyoviy vositalar – 161,8 mln
Mashinalar va transport uskunalari – 89,4 mln
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 46,6 mln