Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan elektr changyutgichlar soni 82 tani tashkil etdi.
100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan elektr changyutgichlar soni yillar kesimida:
2000-yil – 30 ta;
2005-yil – 33 ta;
2010-yil – 37 ta;
2015-yil – 53 ta;
2020-yil – 60 ta;
2024-yil – 82 tani tashkil etdi.