Sirdaryo viloyatida 2025- yilning 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 10 874 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 8 795 tani tashkil etdi
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etildi:
Guliston shahrida – 2 118 ta
Sirdaryo tumani – 1 095 ta
Sardoba tumani – 845 ta
Mirzaobod tumani – 756 ta
Boyovut tumani – 724 ta
Guliston tumani – 656 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlandi:
savdo sohasida – 3 351 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 737 ta
sanoat sohasida – 1 028 ta
qurilish sohasida – 727 ta