Joriy yilning 14- mart kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” boʻlib oʻtdi. Unda dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2025- yil 5- mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yigʻilishida ishtirok etib, soʻzlagan nutqi boʻyicha boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaning maʼruzasi tinglandi. Shundan soʻng Vazirlar Mahkamasining 2025- yil 25- fevraldagi “Rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish jarayonlariga autsorsing mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 116-son qarori yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga autsorsing mexanizmlarini joriy etish boʻyicha fikrlar almashildi.