2025- yilning 1- yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 10 717 tani tashkil etib, 80,6 foizini (8 639 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 2 635 ta
Sirdaryo tumani – 1 336 ta
Sardoba tumani – 955 ta
Boyovut tumani – 915 ta
Mirzaobod tumani – 897 ta
Guliston tumani – 795 ta
Sayxunobod tumani – 772 ta
Yangiyer shahri – 763 ta
Oqoltin tumani – 711 ta
Xovos tumani – 674 ta
Shirin shahri – 264 ta