2024- yilning 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 907 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 962 tani tashkil qildi (ulushi 8,1 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Guliston shahri – 322 ta
Boyovut tumani – 115 ta
Guliston tumani – 82 ta
Sirdaryo tumani – 104 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 415 ta
sanoat sohasida – 109 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 107 ta
qurilish sohasida – 95 ta