17/01/2025

Joriy yilning 17- yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida” hamda “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonunlarning mazmuni va mohiyati mavzularida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, ushbu Qonunlarning asosiy maqsadi, asosiy tushunchalari, sohadagi vakolatli organlar va ularning vakolatlari boʻyicha tegishli tushuntirishlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.