Joriy yilning 10- yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Adliya vazirligida 2024- yil 5- noyabrda 3569-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 65- sonli buyrugʻi hamda “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati mavzularida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova va Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi S. Axmedovlar monitorga uzatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 65- sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllari boʻyicha tegishli tushuntirishlar berib oʻtishdi. Shundan soʻng, “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati boʻyicha ham maʼruza qilindi. Oʻquv mashgʻuloti yakunida yigʻilish ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.