Joriy yilning 20- dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmonining mazmun-mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, ushbu hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi, Agentlik-korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun maxsus vakolatli organ hisoblanishi, uning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishi belgilanganligi qayd etildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.