19/12/2024

       Joriy yilning 19- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi tomonidan investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini taqdim etish tartibi boʻyicha o‘quv amaliy seminar-trening tashkil etildi.

      Seminarda 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini topshiruvchi respondentlar masofaviy videoaloqa orqali ishtirok etdi.

      Muloqot davomida hisobotni E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi orqali xato-kamchiliklarsiz vaqtida topshirish bo’yicha ko‘rsatmalar berildi.