Joriy yilning 17- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi “Investitsiyalar va qurilish statistikasi” bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlariga 4-qurilish (jismoniy) shakli hamda 1-qurilish (jismoniy) shakli statistika hisobotini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminardan ko ‘zlangan asosiy maqsad 2024- yil III chorak uchun topshirilgan 4-qurilish (jismoniy) “Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risidagi” hisobotida aniqlangan kamchiliklarni kelgusida qaytarilishini oldini olish, 1-qurilish (jismoniy) yillik hisobotini o‘z vaqtida sifatli qilib aks ettirilishi lozimligi tushuntirildi.
Muloqot davomida Kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hisobot bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.