Joriy yilning 13-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-son Farmonining mazmun-mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, mazkur hujjat bilan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri” yuritilishi, reestrga kiritilgan shaxslarga taqiqlar belgilanishi, korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilanganligi qayd etildi.