06/12/2024

        Joriy yilning 6-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi  Qonunining mazmuni va mohiyati” mavzularida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Mashgʻulot soʻnggida raislik qiluvchi - boshqarma boshligʻi Ulugʻbek Elmuratov yigʻilish ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi bayrami bilan tabriklab, tilaklar bildirdi va statistika organlari hodimlari faoliyatida korrupsiya holatlarini oldini olish hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʻiy rioya etilishini taʻminlash lozimligini taʻkidlab oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti davomida konstitutsiyaga oid koʻrgazmali slaydlar monitorga uzatildi.