06/12/2024

      Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi doirasida boshqarma hududida manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

 

       Boyovut tumani statistika boʻlimi xodimlari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tadbirkorlar bilan muloqotga kirishib, ularga topshirishi kerak boʻlgan hisobot turlari, topshirish tartibi va muddatlari haqida toʻliq maʼlumotlar bermoqda. Shuningdek, ularda mavjud muammolarini oʻrganib, joyida hal etish choralari koʻrilmoqda. Tizimga oid bukletlar tarqatilmoqda.

       Oqoltin tumani statistika boʻlimi boshligʻi B. Pardayev tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi xodimlariga statistika faoliyati toʻgʻrisida tegishli tushuntirishlarni berib oʻtmoqda. Tadbirda: - Iqtisodiyotimiz rivojlanishida koʻshayotgan hissangiz va koʻrsatayotgan xizmatlaringizning barchasi statistik hisobotlar orqali koʻrsatiladi, - deb takidlandi. Joyida “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunga oid bukletlar tarqatildi.